Turkiya va O'zbekiston parlamentlari hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov hamda Turkiya parlamenti Spikeri Mustafo Shento'pning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

1643972
Turkiya va O'zbekiston parlamentlari hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

 

2021 yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov hamda Turkiya parlamenti Spikeri Mustafo Shento'pning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Suhbat avvalida parlamentlar rahbarlari bir-birlarini yaqinda o‘tgan dunyo musulmonlarining umumiy bayrami – Ramazon hayit bilan samimiy muborakbod etdi.

"Oila a’zolaringizni, do’st va qardosh O’zbekiston xalqini shaxsan o’z nomimdan, qolaversa  Turkiya Oliy majlisi nomidan Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklayman. Ushbu barokatli kunlar xalqimizga tinchlik-xotirjamlik olib kelishini Allohdan tilab qolaman. Bizga do’stdan ham yaqin bo’lgan qardosh O’zbekistonning xalqimiz qalbida o’ziga xos o’rni bor. Mamlakatlarimiz, parlamentlarimiz va xalqlarimiz o’rtasida har sohada mavjud yaxshi aloqalar azaliy qardoshlik rishtalarimiz va o’zaro ishonch asosida o’rnatilgan. Ushbu aloqalarni yanada rivojlantirish uchun parlamentlarimiz zimmasiga juda katta vazifalar yuklatildi degan fikrdaman",-deydi Turkiya parlamenti Spikeri Mustafo Shento'p.

Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Turkiya parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi. Turkiya parlamenti Spikeriga O‘zbekiston parlamenti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

M.Shentop bugungi kunlarda O‘zbekiston butun xalqaro hamjamiyat kabi insoniyat boshiga kelgan jiddiy sinov – koronavirus pandemiyasini boshidan o‘tkazayotgani va respublika rahbariyati tomonidan o‘z vaqtida olib borilayotgan oqilona siyosat hamda epidemiyaga qarshi ko‘rilayotan samarali choralar tufayli mamlakatda pandemiya oqibatlarini yumshatishga erishilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga u Turkiya do‘st O‘zbekiston xalqini bundan buyon ham pandemiyaga qarshi kurashishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Hurmatli O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri! Pandemiya nafaqat butun dunyoga, balki Turkiya va O’zbekistonga ham ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya sababli vafot etganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Kasallikka chalingan qardoshlarimizga shifo tilayman!",-dedi u o'z navbatida.

Suhbat davomida yaqinda Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida ro’y bergan hodisalar ham muhokama qilindi.

"Ramazon oyida Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida ro’y bergan keskinlik bizni chuqur xavotirga soldi. Mavzu bo’yicha Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupov meni ziyorat qildi. Undan vaziyat haqida kerakli ma’lumotlarni oldim. Bunday vaziyatning takrorlanishini oldini olish uchun chegaralarni demarkatsiya qilish, mintaqadagi manbalarni barcha tomonidan qabul qilinadigan shaklda taqsimlash maqsadida kelishuv tuziladi degan umiddaman",-deb aytgan Turkiya parlamenti Spikeri.

Suhbat yakunida tomonlar bo‘lib o‘tgan muloqotdan qoniqish hosil qilganini ifodalab, kelajakda o‘zaro foydali va konstruktiv hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.



Aloqador xabarlar