O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 93 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirusdan (Covid - 19) sog‘ayganlar soni 93 ming nafardan oshdi.

1642368
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 93 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda 2021 – yilning 19 – may holatiga ko‘ra yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi yana 263 kishida qayd etildi. Bu bilan o‘ziga koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni mamlakatda 97 ming 543 nafarga yetdi. Ma’lumot O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tomonidan berildi.

Shunga ko‘ra kasallikdan 231 kishi sog‘aygan. Bu orqali koronavirusdan davolanib kasalxonadan chiqarilganlar soni 93 ming 71 nafarga yetar ekan bu raqam sog‘ayish ko‘rsatkichining 95 foizni tashkil etmoqda.

Huddi shu vaqt mobaynida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami kasallikdan ko‘z yumganlar soni 676 nafar deb xabar qilindi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3796 nafar bemor davolanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #koronavirus , #Covid-19

Aloqador xabarlar