Ozarbayjon qurolli kuchlari harbiy mashg‘ulot o'tkazmoqda

Mashg‘ulotlarda 15 mingdan ortiq harbiy ishtirok etmoqda. Harbiy mashg’ulotlar 20 mayga qadar davom etadi.

1640308
Ozarbayjon qurolli kuchlari harbiy mashg‘ulot o'tkazmoqda

 

Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston bilan chegaradagi keskinlik ortida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Mashg‘ulotlarda 15 mingdan ortiq harbiy ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, 300ta zirhli texnika, 400ga yaqin raketa-artilleriya qurilmasi, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, minomyotlar va tanklarga qarshi vositalar, 50taga yaqin samolyot, vertolyot va dronlar ishtirok etmoqda.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarda asosiy e'tibor Armaniston bilan Tog‘li Qorabog‘da yuz bergan ixtilofda qo’lga kiritilgan jangovar tajriba hisobga olinib, qo‘shinlarni boshqarish, ularni jangovar shaylik holatiga keltirish va qayta guruhlashga qaratiladi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon 12 may kuni mashg‘ulotlar o‘tkazishini e'lon qilgandi. Harbiy mashg’ulotlar 20 mayga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #harbiy mashg'ulot , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar