O'zbekiston Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlarni chekladi

Qarorga ko'ra, Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlar 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatildi.

1636755
O'zbekiston Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlarni chekladi

 

O'zbekistonning koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan epidemiologik holat tobora yomonlashib borayotgan Hindiston va Turkiyaga aviqatnovlar vaqtinchalik cheklandi.

Tegishli tashkilotlar taklifini inobatga olgan holda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ayrim davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

-Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatish;

-Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatish;

-Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirish.


Tanlangan kalimalar: #aviaqatnov , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar