"Turkiya va boshqa Turk davlatlari bilan munosabatlarimizni qardoshlardek shakllantirish payidamiz".

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov dunyo televideniyasidagi birinchi intervyusini Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga (TRT) berdi.

1635292
"Turkiya va boshqa Turk davlatlari bilan munosabatlarimizni qardoshlardek shakllantirish payidamiz".

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov dunyo televideniyasidagi birinchi intervyusini Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga (TRT) berdi.  

Japarov TRT Avaz telekanalining "Yevroosiyo kun tartibi" maxsus dasturida Joshkun O‘zer savollariga javob berdi.

Japarov, Turkiya - Qirg‘iziston munosabatlari haqida gapirar ekan ikkala mamlakatning yangi davr darvozasida ekanligini ta’kidladi.

Sadir Japarov, Turkiya bilan Qirg‘iziston munosabatining avvaldan qardoshlik asosga tayanganini yodga solgan holda,  

“Bizning ming yillik mushtarak tariximiz bor. Shu bois ham Turkiya va boshqa Turk davlatlari bilan munosabatlarimizni qardoshlardek shakllantirish payidamiz”. - dedi.

Japarov Turk dunyosida yana - da faol Qirg‘iziston bo‘lishini ham qayd etdi va Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar parlament assambleyasi (TürkPA) bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkilotining (TÜRKSOY) ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda Qirg‘izistonning, nomi tilga olingan tashkilotlarning faol a’zosi ekanligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

TRTni yaqindan kuzatganliklariga ham alohida e’tibor qaratgan Japarov, qirg‘iz davlat telekanali KTRKning TRT bilan hamkorlikda ish olib borishi mumkinligini ifoda etdi.

Qirg‘iziston Prezidenti, ikkala kanal hamkorlikda ish olib borishi haqida qaror qabul qilingudek bo‘lsa unda kerakli har qanday yordamni berishga tayyor ekanini ham ta’kidladi.



Aloqador xabarlar