Japarov qurolli to‘qnashuvda ziyon ko‘rgan Maqsad qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi

Sadir Japarov, qirg‘iz - tojik chegarasidagi qurolli to‘qnashuvda ziyon ko‘rgan Maqsat qishlog‘iga bordi.

1635336
Japarov qurolli to‘qnashuvda ziyon ko‘rgan Maqsad qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi
Caparov Batken - 2.jpg
Caparov Batken - 3.jpg
Caparov Batken - 4.jpg

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun 6 - may kuni Batken viloyatiga bo‘lgan tashrifi doirasida qirg‘iz - tojik davlat chegarasidagi qurolli to‘qnashuvda ziyon ko‘rgan Leylek tumanining Maqsad qishlog‘iga bordi.

Davlat rahbari vayron qilingan matkab atrofida mahalliy xalq bilan uchrashib, janjalda halok bo‘lganlar uchun Qur’on o‘qidi.

Prezident bugungan e’tiboran Maqsad qishlog‘i va boshqa ziyon ko‘rgan qishloqlarda qayta tiklash bo‘yicha qurilish ishlari boshlashi, buzilgan uylar o‘rniga yangi va zamonaviy uy - joylar qurilishini qayd etdi. Qurilish ishlarini ikki oyda tamomlash tahmin qilinmoqda.

Shu bilan birga vayron bo‘lgan ijtimoiy va savdo ob’ektlarini rekonstruksiya qilish ishlari ham boshlanadi. 

Shuningdek, Sadir Japarov Batken viloyatiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan ko‘chma klinikalar haqida gapirib berdi. Donorlik loyihasi tufayli ko‘chma klinikalar 5 yil davomida mamlakatning barcha hududlariga sayohat qilib, tog‘li va chekka hududlar aholisiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Prezident yaqin kelajakda Batken viloyatiga alohida maqom berilishi, halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million so‘m miqdorida tovon puli to‘lanishi va ziyon ko‘rgan tadbirkorlarga ko‘proq yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Prezident Sadir Japarov mahalliy aholining savollariga ham javob berdi. Xalq asosan, davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni, nafaqalar, yo‘qolgan hujjatlarni tiklash, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalar bo‘yicha savollar berdi.

Mahalliy aholi bilan uchrashuv natijasida tegishli davlat organlari va mahalliy hokimiyat organlariga bir qator aniq ko‘rsatmalar berildi.



Aloqador xabarlar