Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tadi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi ishtirok etadi.

1626930
Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tadi

 

Bugun videokonferensiya shaklida Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.


Tanlangan kalimalar: #Markaziy Osiyo , #AQSh

Aloqador xabarlar