Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Turkiya elchisi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti faoliyati, universitetning O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fandagi aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni, turkshunoslik sohasining istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.

1621923
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

Kecha, 14-aprel kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiya elchisi Olgan Bekar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti faoliyati, universitetning O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fandagi aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni, turkshunoslik sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Olgan Bekar so‘ngi yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkiya universitetlari va tashkilotlari, Turkiya elchixonasi bilan olib borayotgan tizimli hamkorlik, turkshunoslik sohasi rivojlanishiga berilayotgan e’tiborga yuqori baho berdi.

U shuningdek, kelgusida ham elchixona ta’lim va ilm-fan sohasida turli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Olgan Bekar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O‘zbekistondagi tashrif buyurgan ilk oliy ta’lim muassasasi ekanini qo’shimcha qildi.



Aloqador xabarlar