O'zbekistonga Turkiya va Xitoydan beg‘araz yordam yuborildi

O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan ijtimoiy va notijoriy muassasalarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘ngilli turk tadbirkor va investorlarining xayriya yordamini O'zbekistonga manzilli ravishda yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

1616853

Ushbu doirada, elchixonaga bevosita biriktirilgan Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 7-imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashgan maktabi ehtiyojlari o‘rganib chiqildi va zarur yordam ko‘rsatish tashkil etildi.

Ushbu jarayonda turk investorlari – I darajali "Salomatlik" ordeni sohibasi Filiz Erdogan hamda “Alles Sağlık Group” firmasi rahbari Mehmet Aydin faollik ko‘rsatdi. Turk tadbirkorlari mazkur maktab-internatga zarur bo‘lgan nogironlik aravachalarini beg‘araz yordam tarzida taqdim qildi.

Shuningdek, maktab direktori D.Mamedova bilan suhbat chog‘ida maktabning o‘quv adabiyotlariga ham ehtiyoji mavjudligi aniqlanib, qisqa fursatda maktab kutubxonasi fondini boyitish maqsadida turli kitoblar sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi  Xitoyning "Wuxi Yushun Metallurgical Technology Co., Ltd." kompaniyasi bilan hamkorlikda konsullikka biriktirilgan Ohangarondagi tegishli tashkilotlar uchun statsionar kompyuterlarni beg‘araz yordam sifatida taqdim etishni tashkil etdi.

Bosh konsulxonaning ma’lum qilishicha, kompyuter texnikalari ayni paytda O‘zbekiston hududiga olib kelingan va yaqin kunlarda ularni egalariga topshirish tadbiri o‘tkaziladi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar