Aliyev:"Ozarbayjon zamini bo’lgan Zangezur turkiy dunyo o’rtasida birlashtiruvchi ro’l o’ynaydi"

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

1612781
Aliyev:"Ozarbayjon zamini bo’lgan Zangezur turkiy dunyo o’rtasida birlashtiruvchi ro’l o’ynaydi"

 

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

Prezident o’z nutqida Tog’li Qorabog’da ro’y bergan urush haqidagi ma’lumot berdi.

Aliyev Ozarbayjonning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hududlari qariyb 30 yil davomida Armaniston ishg’oli ostida qolganligini, 1 mlndan ortiq Ozarbayjon vatandoshi ona vatanidan haydab chiqarilib, qochqinga aylantirilganligini eslatib o’tdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, muammo xalqaro tashkilotlar tomonidan hal qilinmadi. Armaniston tomonidan 2020 yil sentyabr oyida provokativ faoliyatlar bilan harbiy operatsiya boshlatilib, sodir etilgan 44 kunlik urushda Ozarbayjon to’liq g’alaba qozondi. Armaniston o’z mag’lubiyatini tan olib, hujjatni imzolashga majbur bo’ldi.

Aliyev shuningdek, 2020 yil 10 noyabrda Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston uch tomonlama bayonnomaga imzo chekkanligini ma’lum qildi.

“Mana shunday qilib, muammo harbiy va siyosiy yo’llar bilan hal qilindi. Tog’li Qorabog’ muammosi endilikda hal bo’lganligini katta ishonch bilan aytishim mumkin. Ozarbayjon bu muammoni hal qildi, tarixiy zafar qozondi va vayron qilingan hududlarni qayta tiklash faoliyatlarini boshladi”,-deb aytgan Ozarbayjon prezidenti.

Aliyev ayniqsa, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga Ozarbayjonga ko’rsatgan har tomonlama yordamlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Yangi imkoniyatlar yaratildi. Bular orasida eng muhimi transport imkoniyati. Bugungi kunda Zengezur koridori ustida faol ish olib boryabmiz. Bir vaqtlar Zangezur Ozarbayjondan tortib olinib, Armanistonga qo’shilgandi. Natijada turkiy dunyo mintaqasi bo’lingandi. Xaritaga nazar tashlasangiz, huddi qalbimizga xanjar urilgandek turkiy dunyo parchalanganini ko’rasiz. Tarixiy Ozarbayjon zamini bo’lgan Zangezur endilikda turkiy dunyo o’rtasida birlashtiruvchi ro’l o’ynaydi”,-dedi Ilhom Aliyev sammitda so’zlagan nutqida.


Tanlangan kalimalar: #Turkiy Kengash , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar