Qozog‘istonda noqulay ob - havo sharoiti davom etmoqda

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi oxirgi 24 soatda 724 kishini qor asoratidan qutqardi.

1607559
Qozog‘istonda noqulay ob - havo sharoiti davom etmoqda

Qozog‘istonda noqulay ob - havo sharoiti davom etmoqda.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi oxirgi 24 soatda jami 724 kishini (111 nafari yosh bola) qor asoratidan qutqarganini ma’lum qildi.

Poytaxt Nur - Sultonda kun davomida 74 transport hodisasi yuzaga kelgan. Unda halok bo‘lganlar qayd etilmagani aytilmoqda.

“Nursulton Nazarboyev” nomidagi aeroportda ba’zi qatnovlar bekor qilingan.

Nur - Sulton, Oqmo‘la va Qarag‘anda viloyatlarida 608 ekskavator yordamida evakuatsiya ishlari davom etmoqda.  

Noqulay havo sharoiti tufayli Sharqiy Qozog‘iston, Qarag‘anda va Pavlodar viloyatlarida har qanday transportlardan foydalanishlarga cheklov kiritildi.

Mamlakatning 13 viloyati bo‘ronga qarshi ogohlantirildi.



Aloqador xabarlar