O’zbekiston 2023-yilda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to‘liq o'tadi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Ushbu qonun loyihasining muhokamasi 31-martga qadar davom etadi.

1603194
O’zbekiston 2023-yilda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to‘liq o'tadi

 

O'zbekistonda lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosi haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo’yildi.

Ma’lumki, O’zbekistonda hukumat qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to‘liq o’tilishi ko’zda tutilgan.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

Hozirda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Ushbu qonun loyihasining muhokamasi 31-martga qadar davom etadi.

Mazkur loyihaga ko’ra, O’zbekistonda lotin yozuviga asoslangan 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilgan.

 

Mamlakatda lotin alifbosiga o'tish jarayoni

Eslatish joizki, o'tgan oyda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
  • Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;
  • Rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi ta’minlash.

Shuningdek, quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
  • ish qog‘ozlari, turli blanklar;
  • mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.

 

O’zbekistonda rasmiy yozishmalarda hanuzgacha kirill alifbosi qo'llanib kelinayotgan bo'lsa, mamlakatdagi maktab va universitetlarda ta'lim lotin alifbosidagi o'zbekcha kitoblar asosida beriladi.

Bir vaqtning o'zida kirill va lotin alifbolaridan foydalanilayotgan O'zbekistonda lotin alifbosiga to’liq o'tish to'g'risidagi qonun 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan edi. 31 harfdan iborat ushbu alifbo 1995 yilda 29 harfdan iborat yangi lotin alifbosiga o’zgartirilgandi.

Mamlakatda hali ham eng munosib tarzda lotin alifbosini o'zbek tiliga moslashtirish borasida munozaralar davom etayotgan bo'lsa-da, aksariyat mutaxassislar 1993 yilda qabul qilingan lotin alifbosi o'zbek tiliga ko'proq mos keladi, degan fikrda.


Tanlangan kalimalar: #o'zbek alifbosi , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar