O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

1603008
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan muloqot qildi

 

Bugun 17-Mart kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.



Aloqador xabarlar