O‘zbekiston Havo yo‘llari Urganch-Istanbul-Urganch yo‘nalishida qatnov yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Havo yo‘llari, 28 - martdan e'tiboran Urganch - Istanbul - Urganch yo‘nalishidagi qatnovlarini boshlatmoqda.

1601432
O‘zbekiston Havo yo‘llari Urganch-Istanbul-Urganch yo‘nalishida qatnov yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Havo yo‘llari 28 - martdan e’tiboran Urganch - Istanbul qatnovlarini boshlatadi.

O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, O‘zbekiston Havo yo‘llarining 28 - martdan e’tiboran Urganch - Istanbul - Urganch qatnovlarini boshlatishi va uning bir haftada bir marotaba yo‘lga qo‘yilishi bildirildi.

Bayonotda birinchi safarning 28 - mart kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 09:30 da, Turkiya vaqti bilan esa soat 07:30 da Urganch aeroportida uyushtirilgan marosim ortidan boshlashi qayd etildi.  

O‘zbekiston Havo yo‘llari 2017 - yilning oktabr oyida boshlagan lekin 2020 - yilning mart oyida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi yuzasidan keyingiga qoldirilgan Samarqand - Istanbul safarini ham takror boshlatmoqchi.

Bir haftada uch marotaba yo‘lga qo‘yiladigan Samarqand - Istanbul safari, 29 - mart kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:05 da, Turkiya vaqti bilan soat 18:05 da amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari bugungi kunda har kuni Toshkent - Istanbul - Toshkent qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘tgan hafta amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, o‘zbek tomoni bilan ikkala mamlakat o‘rtasidagi transportning qulaylashtirilishi masalasini ham qo‘lga olganliklarini qayd etgan holda, Turk Havo yo‘llari va O‘zbekiston Havo yo‘llari orqali xususiy shirkatlarning turli shaharlarga qatnovlarini orttirishi mavzusini muhokama qilganliklarini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar