Sadir Japarov Turkiy kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi

Turkiy kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyev samimiy qabul uchun Qirg’iziston prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

1601743
Sadir Japarov Turkiy kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi

 

Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov poytaxt Bishkekda Turkiy kengash bosh kotibi Bag’dodyev Amreyevni qabul qildi.

Prezident Japarov Turkiy kengash tashkil topgan kundan buyon ijobiy natijalarni qo’lga kiritganligini va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini ma’lum qildi.

“Qirg’iziston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan do’stlik va qardoshlikni mustahkamlash yo’lida sa’y-harakatlarini davom ettiradi”,-deb aytgan Qirg’iziston prezidenti.

Japarovning ta’kidlashicha, Turkiy kengash koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda faol ishtirok etdi. Ayniqsa, kengashning ushbu sa’y-harakatlari epidemiologik vaziyatni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlarni olishga ko’mak berdi.

Prezident o’z navbatida, Turkiy kengash investitsiya fondi tashkil etilishi va uning markazi Bishkekda joylashishining ahamiyatiga to’xtalib, yaqinda amalga oshirilishi rejalangan Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy yig’ilishida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Turkiy kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyev samimiy qabul uchun Qirg’iziston prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

U Bishkekda Turkiy kengash investitsiya fondini tashkil etish bilan bir qatorda, kengash kun tartibiga kiritilgan barcha dolzarb masalalar bo’yicha hamkorlikda faoliyat ko’rsatilishiga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

Amreyev Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarovning Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar Qozog’iston va O’zbekistonga rasmiy ziyorat amalga oshirishi turkiy ­respublikalar ravnaqiga va birdamligiga hissa qo’shishini qayd etdi.



Aloqador xabarlar