O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga oid navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.

1598236
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi
Çavuşoğlu-Umurzakov Özbekistan.png

 

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O’zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi eng muhim masalalar va ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 2020 yilda oliy darajada amalga oshirilgan tashrif sababli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yanada rivojlangan munosabatlarning strategik ahamiyati qayd etildi.

Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishini mamnuniyat bilan olqishladilar. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston tomoni Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, jumladan, investitsiya muhitini yaxshilash, hududiy rivojlanish va maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarishni takomillashtirishda turk tajribasini tadbiq etish orqali Turkiya tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqotda madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, shu yilning iyun oyida “Anqara va Istanbulda O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni tashkil etish doirasida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bir qator qo‘shma tadbirlarni, jumladan, joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun biznes-forum, shuningdek, O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar alohida tartibda ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga oid navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.



Aloqador xabarlar