Qozog‘iston davlat komissiyasi, lotin yozuviga asoslangan yangi alifboni taqdim etdi

Qozog‘iston davlat komissiyasi, lotin yozuviga asoslangan yangi qozoq alifbosini taqdim etdi.

1573224
Qozog‘iston davlat komissiyasi, lotin yozuviga asoslangan yangi alifboni taqdim etdi

Qozog‘iston davlat komissiyasi, 2023 - yildan boshlab 2031 - yilgacha bosqichma - bosqich o‘tiladigan lotin yozuviga asoslangan qozoq alifbosini taqdim etdi.  

“Ahmet Baytursunov” nomidagi Tilshunoslik instituti tomonidan ishlab chiqarilgan alifbo, an’anaviy xalq yozuvi “bir tovush - bir harf” qoidasiga asoslangan.

Lotin yozuviga asoslangan yangi qozoq alifbosida 9 tasi unli jami, 31 ta tovush belgilari o‘rin olgan. Lekin alifboga kiritilmagan x, w kabi harflar, chet tilidan kirib kelgan so‘zlarda ishlatiladi.

Bosh vazir Asqar Mamin,

“Alifboning yangi, takomillashtirilgan varianti qozoq tilining tez yoyilishi va zamonaviy tus olishiga hissa qo‘shadi”. - dedi.  

1940 - yildan beri kirill alifbosidan foydalangan Qozog‘iston 2017 - yili, bosqichma - bosqich lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilgandi.



Aloqador xabarlar