Tog‘li Qorabog‘da yana to‘qnashuv kelib chiqdi va ozarbayjonlik bir askar shahid bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘da yana to‘qnashuv kelib chiqdi va ozarbayjonlik bir askar shahid bo‘ldi,bir askar esa tan jarohati oldi.

1553166
Tog‘li Qorabog‘da yana to‘qnashuv kelib chiqdi va ozarbayjonlik bir askar shahid bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘da kelib chiqqan to‘qnashuvda Ozarbayjon Qurolli kuchlaridan bir askar shahid bo‘ldi, bir askar esa tan jarohati oldi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra kecha Xo‘javend viloyatining Ag‘dam qishlog‘i tomonidan 6 kishilik arman guruh, Ozarbayjon askarlariga qarshi hujum uyushtirgan.

Ushbu hujumda bir nafar Ozarbayjon askari shahid bo‘lar ekan, bir askarning esa tan jarohati olgani ma’lum qilindi.  

Hujumchilarning noqonuniy qurolli guruh yoki mintaqani tark etishi kerak bo‘lgan Armaniston Qurolli kuchlari a’zolaridan bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinayotgani qayd etilgan bayonotda, “Bunga o‘xshash voqealar takrorlangudek bo‘lsa unda bunga qarshi chora ko‘rilishi” bo‘yicha ogohlantirildi.



Aloqador xabarlar