Turk kengashi, AQShning sanksiya qaroriga qarshi Turkiyaning yonida

Turk kengashi, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)ning sanksiya qaroriga qarshi Turkiyaning yonida ekanini bildirdi.

1546252
Turk kengashi, AQShning sanksiya qaroriga qarshi Turkiyaning yonida

Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi (Turk kengashi), Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning sanksiya qaroriga qarshi Turkiyani qo‘llab – quvvatlashini bildirdi.

Kengashning Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirilgan postda, Bosh kotib o‘rinbosari Kismet Guzelov so‘zlariga o‘rin berildi.

Guzelov unda,

“AQShning Turkiyaga nisbatan bir tomonli sanksiya kiritish haqidagi qarori nohaqlikdir. Turkiyaning yonidamiz. Turkiyaning muloqat va diplomatik yo‘llar orqali bu masalani ob’ektiv, realchi va siyosiy iroda bilan betaraf ravishda qo‘lga olish taklifini qo‘llab – quvvatlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

AQSh, Rossiyadan S – 400 zenit raketa tizimi xarid qilib olgani bois Turkiyaga nisbatan ba’zi sanksiyalar kiritish haqida qaror qabul qilgandi.



Aloqador xabarlar