Tog’li Qorabog’da nazorat punktlari soni ko’paytirildi

Tog’li Qorabog’ shimolida 11ta, janubida 12ta bo’lib, jami 23 ta kuzatish punkti tashkil etilgan. Unda tinchlikparvar kuchlar sulh rejimini to’xtovsiz kuzatish va nazorat qilish faoliyatini olib boradi.

1530377
Tog’li Qorabog’da nazorat punktlari soni ko’paytirildi

 

Tog’li Qorabog’da tinchlikparvar kuchlar joylashtiriladigan nazorat punktlari soni ko’paytirildi.

Rossiya mudofaa vazirligi kotibi Igor Konashenkov ma’lum qilishicha, Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lak bo‘ylab Rossiya-Turkiya tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi. Shu sababli hududda nazorat punktlari soni ko’paytirildi.

Uning ta’kidlashicha, tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish va kuzatish punktlarini qayta belgilash bo’yicha ba’zi o’zgarishlar kiritilgan. Bunga ko’ra, Tog’li Qorabog’ shimolida 11ta, janubida 12ta bo’lib, jami 23 ta kuzatish punkti tashkil etilgan. Unda tinchlikparvar kuchlar sulh rejimini to’xtovsiz kuzatish va nazorat qilish faoliyatini olib boradi.

Avvalroq, Igor Konashenkov Tog’li Qorabog’ janubiga 9ta, shimoliga 9ta va Lochin yo‘lagiga 7ta nazorat punkti joylashtirilganligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya , #Rossiya , #Tog'li Qorabog'

Aloqador xabarlar