Ersin Tatar AQSh prezidenti etib saylangan Joe Bidenni tabrikladi

Ersin Tatar Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidenti etib saylangan Joe Bidenni tabrikladi.

1526266
Ersin Tatar AQSh prezidenti etib saylangan Joe Bidenni tabrikladi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidenti etib saylangan Joe Bidenni tabrikladi.

ShKTR Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Tatar, Bidenni saylanishi munosabati bilan tabriklab, muvaffaqiyatlar tilagan.

Bidenni vitse – prezidentlik vazifasi davrida orolga tashrif buyurganini ham eslatib o‘tgan Tatar uning, Kipr va Sharqiy O‘rta yer dengizi haqiqatlaridan xabardor biri ekanini ham yodga solgan. Shuningdek, Kipr turklarining teng huquqining hurmat qilinishi Kipr va mintaqadagi barqarorlik va hamkorlik uchun shartligini ifoda etgan Tatar, Bidenning buni e’tiborga olishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlagan.


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Ersin Tatar , #AQSh , #Joe Biden

Aloqador xabarlar