Ozarbayjon, sulh kelishuviga amal qilmagan Armaniston kuchlariga zarba bermoqda

Ozarbayjon, sulh kelishuviga amal qilmagan Armaniston kuchlariga zarba berishni davom ettirmoqda.

1522958
Ozarbayjon, sulh kelishuviga amal qilmagan Armaniston kuchlariga zarba bermoqda

Ozarbayjon qo‘shinining, jabhaning turli nuqtalaridan turib kechasi bilan Ozarbayjon askari va tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzgan Armaniston kuchlarining, katta yo‘qotishga uchrashiga yo‘l ochayotgani bildirildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra to‘qnashuvlar ko‘proq jabhaning Ag‘dere, Ag‘dam, Xo‘javend va Gubadli tomonlarida davom etmoqda.  

Armaniston kuchlarining jabhaning ba’zi mintaqalaridan personal va harbiy uskunalarini qo‘ldan boy berib, ortga tisarilishga majbur qolgani ifoda etildi. Jabhaning Ozarbayjon qo‘shini nazoratida ekani ham ta’kidlandi.

Bayonotda shuningdek, Armaniston qo‘shinining ikki mamlakat chegarasida ham o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga amal qilmagani, Armaniston tuproqlaridan turib Tovuz, Gedebey va Dashkesen viloyatlaridagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘q uzgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar