Armaniston yollangan jangarilarga Ozarbayjon harbiy formasini kiydirganligi ma’lum bo’ldi

Armaniston bu yo’l bilan Ozarbayjon qo’shinini chalg’itishni ko’zlamoqda, qolaversa terroristlar o’ldirilganda ularni Ozarbayjon qo’shini tomonidan Suriyadan keltirilgan yollangan jangchilar qilib ko’rsatish rejalangan.

1515849
Armaniston yollangan jangarilarga Ozarbayjon harbiy formasini kiydirganligi ma’lum bo’ldi

 

Armaniston Suriya va Iroqdan Tog’li Qorabog’ga olib kelingan PKK terror tashkilotiga a’zo kurd jangarilarga Ozarbayjon harbiy formasini kiydirganligi ma’lum bo’ldi.

Razvedka xizmati manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, jangarilar asosan Tog’li Qorabog’ning Shusha shahriga joylashtirilgan.

Jangarilarga Ozarbayjon harbiy formasi kiydirilganligiga diqqat qaratgan manbalarning yozishicha, Armaniston bu yo’l bilan Ozarbayjon qo’shinini chalg’itishni ko’zlamoqda, qolaversa terroristlar o’ldirilganda ularni Ozarbayjon qo’shini tomonidan Suriyadan keltirilgan yollangan jangchilar qilib ko’rsatish rejalangan.

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyevning ta’kidlashicha, Armaniston qo’shini saflarida boshqa davlatlardan yollangan jangchilar bor. Ular Armaniston qurolli kuchlari safiga qo’shilgan. Jangarilar urushda asosan old saflarda jang qilishmoqda.

Ta’kidlash joizki, Tog’li Qorabog’dagi janglarda asirga olingan Armaniston askari Albert Mikaelyan ham PKK terror tashkilotiga a’zo kurd jangarilar Tog’li Qorabog’da Armaniston qo’shini safida jang qilganligini e’tirof etgandi. U ayni vaqtda jangarilarning har biriga 600 dollardan oylik to’langanligini fosh qilgandi.



Aloqador xabarlar