Sadir Japarov Qirg‘izistonda iqtisodiy amnistiya e'lon qildi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov mamlakatda iqtisodiy cho’kishni oldini olish maqsadida iqtisodiy amnistiya e'lon qildi.

1513461
Sadir Japarov Qirg‘izistonda iqtisodiy amnistiya e'lon qildi

 

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov mamlakatda iqtisodiy cho’kishni oldini olish maqsadida iqtisodiy amnistiya e'lon qildi.

Qirg‘iziston bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, so’nggi 30 yilda davlatga soliq to’lamagan xususiy kompaniya hissadorlari va rahbarlari korrupsiyachilardan noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarini 30 kun ichida davlat g‘aznasiga qaytarishi talab qilinadi.

“Menga berilgan vakolatlardan foydalanib, rasman iqtisodiy amnistiya e'lon qilaman. Amnistiyadan maqsad, davlat budjetini to‘ldirish, xususan, qo‘shimcha resurslar topish. Jinoiy sxemalar tuzgan, oddiy xalq hisobiga boyigan korrupsiyachilar, sizlarga 30 kun vaqt beraman! Barcha topganlaringizni davlat g‘aznasiga qaytarishingizni talab qilaman! Davlatdan noqonuniy yo‘l bilan olingan har bir tiyinni ko‘ngilli ravishda joyiga qo‘ying. Yashirin mulk va pullaringiz haqida ochiq ma'lumot bering. Ma'lum qilingan mulk va daromadlaringiz daxlsizligini, barcha turdagi jazolardan ozod bo‘lishingizni kafolatlayman. Iqtisodiy amnistiya atigi bir marta qo‘llaniladi, boshqa imkoniyat bo‘lmaydi!”, -deb murojaat qiladi mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, keyingi 30 yil davomida mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida, jumladan energiya, farmatseftika, yer osti boyliklari va boshqa turli sohalarda tizimli korrupsion holatlar gullab-yashnadi.

Eslatish joizki, mamlakatda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 4 ta partiya Jogorku Kengashdan joy olgandi.

Biroq, natijalardan norozi bo‘lgan boshqa partiyalarning talabi va Bishkekda boshlangan namoyishlardan so‘ng 6 oktyabr kuni Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qilgandi. Bu jarayonda qamoqxonadan ozod qilingan siyosatchi Sadir Japarov davlat boshqaruvini qo’lga olgandi.

Global xatar koronavirusga qarshi kurash, saylovlar va norozilik namoyishlarining davlat iqtisodiyotiga bergan zarar tufayli Qirg’iziston byudjeti bu yil taxminan 600 mln dollar zararga uchrashi taxmin qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar