Ozarbayjon Armanistonga oid SU-25 rusumidagi uchoqni urib tushirdi

Ozarbayjon, Armanistonga oid SU – 25 rusumidagi uchoqni urib tushirdi. Bu haqida Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lumot berdi.

1510783
Ozarbayjon Armanistonga oid SU-25 rusumidagi uchoqni urib tushirdi

Ozarbayjon, Armanistonga oid SU – 25 rusumidagi uchoqni urib tushirdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Armanistonga oid SU – 25 rusumidagi uchoq bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:11 chog‘larida Ozarbayjonga oid havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Uchoqning Ozarbayjon qo‘shiniga qarshi hujum uyushtirish tayyorgarligi ustida ekani ma’lum qilindi.

Tushirilgan uchoqning Tog‘li Qorabog‘ning janubidagi Jabroil mintaqasi atrofida qulatilgani qayd etildi.

Shu bilan birga Ozarbayjon qo‘shini bugun mintaqada ilgarilar ekan ayni vaqtda Fuzuliy shahri bilan uning atrofidagi 7 ta qishloqni nazorat ostiga oldi.



Aloqador xabarlar