Jeenbekov, mamlakatdagi siyosiy kuchlar bilan muloqatga tayyorligini bildirdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, mamlakatdagi siyosiy kuchlar bilan muloqatga tayyorligini bildirdi.

1504934
Jeenbekov, mamlakatdagi siyosiy kuchlar bilan muloqatga tayyorligini bildirdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi davlat binolarining bosib olinishi va parlament saylovi natijasining bekor qilinishi ortidagi siyosiy kuchlar bilan muloqatga tayyorligini bildirdi.

Mamlakatdagi davlat binolarining bosib olinshi ortidan yuz bergan vaziyatni Bishkekdan kuzatganini ma’lum qilgan Jeenbekov, kecha ikkinchi marotaba yozma ravishda bayonot berdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Jeenbekov, siyosiy kuchlar bilan muloqatga tayyor va bugungacha hech qaysi tarafdor muammoni hal qilish uchun muzokara platformasi taklif qilmagan.

“Hurmatli siyosiy kuchlarning liderlari, prezident sifatida, mavjud siyosiy inqirozdan chiqishga harakat qilmoqdaman.” degan Jeenbekov

“Xalqning talablarini yaxshi tushunaman. O‘rtaga chiqqan inqirozni hal qilish uchun imkon qadar har jihatdan chora ko‘rishga urinyapman.” degan ifodalarga o‘rin bergan.

 



Aloqador xabarlar