Qirg‘izistonda saylov natijalarining bekor qilinishi talab qilinmoqda

Qirg‘izistonda parlament saylovi natijalarining bekor qilinishi talab qilinmoqda

1503631
Qirg‘izistonda saylov natijalarining bekor qilinishi talab qilinmoqda

Namoyishchilar, kecha oqshom Oq uy va ichkarida joylashgan parlament binosini bosib oldi.

Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan 7 foizlik to‘siqdan o‘tolmagan 12 partiya tarafdorlari, saylov natijalarining bekor qilinishi talabi bilan poytaxt Bishkekdagi Ala – Too maydonida norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Politsiya, 5 mingdan ortiq ekanligi tahmin qilingan namoyishchilarni tarqatish uchun gaz va ovoz bombalaridan foydalandi.

Tosh va tayoqchalar bilan shahar hokimligiga oid o‘t o‘chiruvchi va ahlat tashuvchi mashinalarni politsiya xodimlari tomon haydagan namoyishchilar, politsiyaning ortga chekinishidan foydalanib Oq uy va ichkaridagi parlament binosini bosib oldi.

Namoyishchilarning bir qismi Oq uyda qolishni davom etar ekan qolganlari Ala – Too maydoni va siyosiy mahkumlar qamalgan qamoqxona tomon yo‘l oldi.

Ala – Too maydonidagi namoyishchilar radiokarnaylar orqali “Oq uyni oldik” va “Almazbek Atambayev bilan Sadir Japarov ozod etilishi kerak” deb hayqirdi.

Namoyishchilar bosib olgan qamoqxonadan sobiq Prezident Almazbek Atambayevni chiqarib, tarafdorlariga topshirdi.

Shuningdek, Oq uyning yuqori qavatlarida bugun ertalab yong‘in kelib chiqdi. Uning kelib chiqish sababi hali hanuz noma’lum.

O‘t o‘chiruvchi guruhning aralashuvi bilan yong‘in nazorat ostiga olinar ekan binoda sovutish faoliyatlari davom etmoqda.

Shu bilan birga Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Oq uy va ichidagi parlament binosini bosib olgan namoyishchilar ortidagi kuchlarga e’tibor qaratgan holda,

“Vaziyatning yana – da yomonlashmasligi uchun imkon qadar chora ko‘rdik. Davlat va jamiyat barqarorligi deputatlikdan ustundir.” dedi.

Mamlakatdagi vaziyatning nazoratida ekanini bildirgan Jeenbekov barcha siyosiy kuchlarni, mamlakat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun ko‘rishga va qonunlarga amal qilishga chaqirdi.

Jeenbekov, voqealar ortidagi siyosiy partiyalardan tarafdorlarini tinchlantirishini, o‘z tarafdorlaridan esa ig‘vogar tusdagi say – harakatlarga yo‘l qo‘ymasligini talab qildi.

 



Aloqador xabarlar