Aliyev, Turkiyaning UHV yordamida yo‘qotishlarning kamayganini qayd etdi

Ilhom Aliyev Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga maxsus bayonot berdi.

1503245
Aliyev, Turkiyaning UHV yordamida yo‘qotishlarning kamayganini qayd etdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyaning oliy darajali qurolli, uchuvchisiz havo vositalari yordamida yo‘qotishlarning kamayganini qayd etdi.

Ilhom Aliyev Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga maxsus bayonot berdi.

Armanistonning tinch aholini nishonga olgan hujumlari oldida Ozarbayjon qo‘shinining shaxdam qadam tashlagani va bir necha nuqtani ishg‘oldan qutqarganini ta’kidlagan Aliyev,

“Ishg‘ol ostidagi mintaqalar qaytarib berilgudek bo‘lsa unda tinchlik o‘rnatiladi.” dedi.

O‘q uzishni to‘xtatish uchun xalqaro miqyosda kafolat talab qilgan Aliyev,

“Armaniston qachon ortga qaytishini bizga aniq bildirishi lozim. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon xalqidan uzr so‘rashi kerak.” dedi.

30 yildan beri berilgan va’dalarning bajarilmaganini eslatib o‘tgan Aliyev,

“Armaniston muammoni global mummoga aylantirmoqchi. Tog‘li Qorabog‘ va boshqa ishg‘ol ostidagi tuproqlar Ozarbayjonga oid. Biz bu urushning kelib chiqish sababi emasmiz. Tuproqlarimizni himoya qilyapmiz.” deya gapirdi.  

Armaniston tuproqlariga ko‘z qo‘ymaganliklarini ifoda etgan Aliyev,

“Armaniston hujum qilishimiz uchun bizga ig‘vogar tusda munosabatda bo‘lyapdi.” dedi.

Muzokara masalasiga ijobiy qaraganliklarini ifoda etgan Aliyev, Turkiya bergan yordamga minnatdorchilik bildirdi.

Bu jarayonda Fransiyaning Ozarbayjonga ayblovlar yuklanagiga ham to‘xtalgan Aliyev,

“Fransiya bizdan kechirim so‘rashi darkor. Tog‘li Qorabog‘ bizning tuprog‘imizdir. Armanlar bu tuproqlarda noqonuniy ravishda bizga oid obidalarni yoqib tashladi. Buni ko‘rmayaptilarmi? Bunday harakatlar qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ti. Shunday ekan biz buni jimjirt tomosha qilib o‘tirmaymiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar butun dunyo mamlakatlari uchun o‘rnak tashkil etishi kerak.” degan Aliyev,

“Rossiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada. Rossiya mas’uliyatli va buyuk davlatdek munosabatda. Hech qaysi tomonni qo‘llayotgani yo‘q.” deya gapirdi.

Ozarbayjon lideri, Turkiyaning xalqaro hamjamiyatda kuchli o‘ringa ega ekanini, Qorabog‘ muammosini hal qilish jarayonida ishtirok etishi shartligini bildirdi.

Turkiyaning oliy darajali UHV yordamida yo‘qotishlarning kamayganini ifoda etgan Aliyev, bu vositalar Turkiyaning kuchini ko‘rsatmoqda. Kuchimizga – kuch qo‘shmoqda.” dedi.

Aliyev, YPG/ PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlarning ham Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida armanlar bilan birga jang qilayotgani haqida ma’lumot olayotganliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar