Ozarbayjon: “Armaniston S – 300 raketa tizimlaridan foydalana boshladi.”

Armanistonning S – 300 raketa tizimlarini Yerevandan, Ozarbayjon armiyasi tomonidan amaliyot olib borilayotgan mintaqalar tomon foydalana boshlagani ma’lum qilindi.

1499579
Ozarbayjon: “Armaniston S – 300 raketa tizimlaridan foydalana boshladi.”

Armanistonning S – 300 raketa tizimlarini Yerevandan, Ozarbayjon armiyasi tomonidan amaliyot olib borilayotgan mintaqalar tomon foydalana boshlagani ma’lum qilindi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati raisi Albay Vagif Dergahli tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Yerevanning havo sohasini himoya qilgan S – 300 raketa tizimlarining ishg‘ol ostidagi mintaqalarimiz tomon yo‘l olgani haqida ma’lumot qo‘lga kiritdik. Raketa tizimlari, ishg‘ol ostidagi tuproqlarimizga kirishi bilan Ozarbayjon armiyasi tomonidan yo‘q qilinadi.” degan ifodalarga o‘rin berildi.  

Dergahli, S – 300 raketa tizimlarining Ozarbayjon armiyasi tomonidan yo‘q qilingan boshqa harbiy jihozlar bilan bir ahvolga tushishini eslatib o‘tgan holda oxirgi to‘qnashuvlarning Armaniston armiyasining yengilmas ekanligi haqidagi iddiolarning afsonadan iboratligini yana bir bor o‘rtaga qo‘yganini ta’kidladi.

Armanistonning, Ozarbayjonning to‘qnashuvlarda F – 16 uchoqlaridan foydalanganligi haqidagi iddiolariga ham to‘xtalgan Dergahli,

“Arman tomonidan Ozarbayjon Harbiy – havo kuchlari qo‘mondonligiga oid ekanligi va urib tushirilgani iddio etilgan F – 16 lar haqidagi xabarlar noto‘g‘ri va ig‘vogarchilikdangina iboratdir. Havo kuchlarimiz arsenalida F – 16 urush uchoqlari yo‘qligini bildiryapmiz. Shu bois arman tomoniga bo‘lmagan narsani yo‘q qilish imkonsiz ekanligini eslatamiz.” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #F-17 , #S-300

Aloqador xabarlar