Ilhom Aliyev Fransiya prezidenti bilan muloqot qildi

Muloqot chog’ida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida front chizig‘i bo‘ylab boshlangan jangovar harakatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.

1498718
Ilhom Aliyev Fransiya prezidenti bilan muloqot qildi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog’ida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida front chizig‘i bo‘ylab boshlangan jangovar harakatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.

Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Ilhom Aliyevga qo’ng’iroq qilgan Makron Armaniston-Ozarbayjon chegara zonasida sodir bo’layotgan keskinlikdan havotirda ekanligini, muammoni tinch yo’l bilan hal qilish kerakligini ma’lum qilgan.

Ilhom Aliyev Armaniston hukumati muzokaralarni ongli ravishda buzganligini, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning “Tog’li Qorabog’ Armanistonnikidir” degan so’zlari muzokara jarayoniga jiddiy putur yetkazganligini ilgari surdi.

Armaniston armiyasi 27 sentyabrda frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutganligini tilga olgan Ilhom Aliyev, Ozarbayjon ham bunga qarshi javob choralarini qo’llaganligini ma’lum qildi.

Aliyev ushbu hodisalar bo’yicha Armaniston hukumatini aybladi.

Suhbatda Ilhom Aliyev va Makron masala bo’yicha diplomatik kanallar vositasida aloqa o’rnatishga kelishib oldi.

 



Aloqador xabarlar