Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 25 – yilligi nishonlanmoqda

Ibrahim Eren, Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 25 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan Xalqaro Media forumida ishtirok etdi.

1492645
Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 25 – yilligi nishonlanmoqda

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Bosh direktori Ibrahim Eren, Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 25 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan Xalqaro Media forumida ishtirok etdi.

Videomuloqat yo‘li orqali uyushtirilgan forumda dunyoning 68 davlatidan 300 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy media tashkiloti vakili va mutaxassis o‘rin oldi.

Osiyo va Tinch Okeani teleradioeshittiruvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari sifatida forumda ishtirok etgan Ibrahim Eren, mustaqilligini qo‘lga kiritishi ortidan Turkmanistonni birinchilardan bo‘lib tan olgan Turkiyaning, shu bilan birga Ashxobodda o‘z elchixonasini ochgan va Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomini tan olgan birinchi davlat ekanligini ifoda etdi.  

Turkmanistonning xalqaro miqyosda tanilgan siyosatchiga aylangani va tarixiy maydondagi o‘rnini mustahkamlaganini eslatib o‘tgan Eren,

“Fikrlaringiz yoki diplomatik o‘rningiz qanchalik kuchli bo‘lishiga qaramay uni yoyish uchun kuchli mediaga ehtiyojingiz bor.” dedi.

Xalqaro maydondagi medianing o‘rniga to‘xtalgan Ibrahim Eren, bugungi uchrashuv va Turkmanistonning betaraflik siyosatining 25 yillik muvaffaqiyatini dunyoning to‘rt burchagidan xalqaro media vositasi vakillari bilan qo‘lga olish imkoni topishlikda buning o‘rnining katta ekanligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar