Yevroosiyo kun tartibi 32 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjon va Turkiya tomonidan birgalikda uyushtirilgan harbiy mashg‘ulot haqida so‘z qilamiz.

1468131
Yevroosiyo kun tartibi 32 - qism

2020 - yilning 29 – iyuli kuni Ozarbayjon va Turkiya qurolli kuchlarining Ozarbayjondagi harbiy mashqlari boshladi. Quruqlik va havo kuchlari ishtirokidagi ushbu mashg‘ulotlar 2020 - yilning 10 - avgustigacha davom etadi. Boku, Naxchivan, Ganja, Kurdemir va Yevlaxda bo‘lib o‘tayotgan harbiy mashqlar so‘nggi yillardagi eng qamrovli mashqlardan biridir. Qolaversa Ozarbayjonning Tovuz viloyati chegarasidagi Armanistonning provokatsion harakatlaridan keyin o‘tkazilgan ushbu mashq, bir necha jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.

Turkiya - Ozarbayjon harbiy aloqalari Ozarbayjon mustaqilligini e’lon qilgan paytda boshladi. 2010 - yildan beri bu munosabatlar eng yuqori darajada amalga oshirilmoqda. Mudofaa sohasidagi hamkorlik asosida har yili uyushtirilayotgan harbiy mashqlar ikki mamlakat harbiylarining birgalikda harakat qilishi va tajriba almashishi shuningdek, Ozarbayjon armiyasining yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan voqealarga tayyor turishi masalasidan olib qaraganda zaruriydir.

Rossiya Tovuz provokatsiyasidan so‘ng Shimoliy Kavkaz va Armanistondagi o‘z harbiy bazasida "oldindan rejalashtirilgan" harbiy mashg‘ulotni uyushtirdi. Armanistondagi rus bazalarida ko‘pincha arman askarlarining xizmat qilishi hech kimga sir emas. Shu doirada Turkiya - Ozarbayjon harbiy mashqlari o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda desak mubolag‘a bo’lmaydi. Ushbu mashqlar Turkiyaning Ozarbayjonni harbiy tarmoqda haqiqatdan qo‘llab - quvvatlashini do‘st - dushman hammaga namoyish qilish tomonidan muhimdir.

Janubiy Kavkazning xavfsizligi muhimdir. Chunki Turkiya iqtisodiyoti va energiyasining eng asosiy nuqtasi hisoblangan va Turkiyani nafaqat Kaspiy balki butun sharq bilan bog‘lagan liniyalar Gruziya va Ozarbayjon orqali o‘tmoqda. Shunday ekan temir va quriqlik yo‘li bilan quvir liniyalarining xavfsizligi uchun Armanistonning provokatsion harakatlariga ruxsat berilmasligi darkor.

Muammoning eng asosiy javobgari bo‘lgan Armanistonning qo‘lida Rossiya va Eronni, Buyuk Turonning barpo etilayotganini aytib, qo‘rquvini qo‘zg‘ashdan boshqa hech narsa yo‘q. Eron, Qorabog ishg‘olidan keyingi davrda go‘yo Ozarbayjonni, haqiqatda esa Armanistonni qo‘llab - quvvalashni davom etdi. Ammo shuni unutmasligi kerak, ya’ni, Eronda ham turklarning milliy uyg‘onishi kuzatilmoqda. Shunday ekan Tehronning Armanistonni qo‘llab - quvvatlashni davom etishi, ba’zi ijobiy natijalarni tug‘dirishi mumkin. Shuningdek Eronga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalar davrida Turkiya va Ozarbayjon, Tehron bilan aloqalarini davom ettirgan va sanktsiyalarga qarshi chiqqan yaqin qo‘shnilari bo‘ldi. Shunday ekan qanaqadir to‘qnashuv yuz bergudek bo‘lsa, Eron Armanistonni qo‘llab - quvvatlashni davom ettirish masalasida ikki marta o‘ylashi lozim.

2020 - yilning 27 - iyuli kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Prezident Vladimir Putin telefon orqali muloqat qildi. Unda Kavkazdagi vaziyat qo‘lga olindi. Turkiya bilan Rossiya muammoni hal qilish jihatidan javobgarchilik olgudek bo‘lsa unda Tog‘li Qorabog‘ muammosi tinchlik yo‘li orqali hal qilinishi mumkin. Uni tezlashtirish uchun Turkiya Naxchivanda harbiy baza qurishi kerak. Qolaversa bunday baza Kaspiy dengizining g‘arbida ham tashkil etilishi lozim. Tog‘li Qorabog‘ni arman bosqinchilaridan qutqarish uchun Ozarbayjon ittifoqchilari bilan birga barcha sohalarda faoliyatlar olib borishni davom ettiradi.

 



Aloqador xabarlar