Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevda Covid – 19 holati aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 451 ming 460 nafarga yetdi.

1438283
Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevda Covid – 19 holati aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 452 ming 30, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 8 million 473 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 4 million 442 ming nafarni ortda qoldirdi.

Virus paydo bo‘lgan Xitoyda oxirgi 24 soatda aniqlangan 28 holatdan 21 nafari poytaxt Pekinda kuzatildi. Bu orqali Pekinda 12 – iyundan beri aniqlangan holat soni 158 nafarga yetdi.

Janubiy Koreyada esa yana bir kishining Covid – 19 dan vafot etishi bilan ularning umumiy soni 280, ko‘pchiligi poytaxt Seulda bo‘lish bilan birga yangi 59 holat bilan ularning umumiy soni 12 ming 257 nafarni tashkil etdi.

Eronda Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 4 kun ortidan takror 100 nafardan kamayib, 87 nafar deb qayd etildi. Sog‘likni Saqlash vaziri Matbuot xizmati kotibi Sima Sadat Lari, mamlakat bo‘ylab 2 ming 596 yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi. Lari, bu orqali jon berganlarning umumiy sonining 9 ming 272, holat sonining esa 197 ming 647 nafarga chiqqanini bildirdi. Sog‘likni Saqlash vaziri o‘rinbosari Irech Kerirchi, Covid – 19 pandemiyasining mamlakatda bir yil davom etishi mumkinligini ifoda etdi.

Virus tufayli yana 3 kishi vafot etgan Quvaytda, ular soni 306 nafarga yetdi. Mamlakatda holat soni 37 ming 533.

Ummonda yana 2 kishi virus tufayli jon berar ekan 810 kishi o‘ziga virus yuqtirib oldi. Bu orqali jon berganlarning umumiy soni 1 ming 16, holat soni esa 26 ming 79 nafarga yetdi.

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) yuzasidan vafot etganlar soni Qatarda 2 nafarga ortib ularning umumiy soni 82, holat soni esa 1 ming 97 nafarga ko‘paygan holda 1 ming 711 nafarni tashkil etdi.

Marokash Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra mamlakatda yana 54 kishiga Covid – 19 tashhisi qo‘yilar ekan 23 bemor sog‘ayib ketgan. Bayonotda, holat soni 8 ming 985 nafarga, sog‘ayib ketganlarning umumiy soni 7 ming 960 nafarga yetganligi qayd etildi.

Jon berganlar soni 10, holat soni esa 484 nafar deb qayd etilgan Liviyada hukumat, Covid – 19 ga qarshi kurash doirasida, haftaning juma va shanba kunlari ko‘chaga chiqishlikni man etish haqida qaror qabul qildi. Boshqa kunlari esa bu qoidaning mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 06:00 gacha yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

Hindistonda vafot etganlar soni 12 ming 274, holat soni 12 ming 881 nafarga ortgan holda 366 ming 946 nafarga yetdi. Hindiston, dunyoda eng ko‘p holat soni aniqlangan to‘rtinchi davlatga aylandi.

Covid – 19 dan 3 ming 93 kishi vafot etgan Pokistonda holat soni oxirgi 24 soatda 5 ming 358 kishiga ortgan holda 160 ming 118 nafarni tashkil etdi. Pokiston, dunyoda eng ko‘p holat soni aniqlangan ikkinchi davlatga aylandi.

Vafot etganlar soni 2 ming 339, holat soni ham 1 ming 331 nafarga ortgan holda 42 ming 762 nafarga yetgan Indoneziya, Janubiy Sharq Osiyoda eng ko‘p Covid – 19 holati aniqlangan davlat bo‘ldi. Bugungi holat soni mamlakatda birinchi holat soni kuzatilgan 2 – martdan beri qayd etilgan eng yuqori raqam ekanligi aytildi.

Afrikada ham Covid – 19 dan 7 ming 249 kishi vafot etdi, holat soni 270 ming nafarga yetdi.

Bugungacha Covid – 19 dan eng ko‘p o‘lim holati 1 ming 850 nafar bilan Misrda kuzatildi. Ortidan 1 ming 674 o‘lim holati bilan Janubiy Afrika, 799 o‘lim holati bilan Jazoir, 487 nafar o‘lim holati bilan Sudan va 469 o‘lim holati bilan Nigeriya qayd etildi.

Afrikada sog‘ayib ketgan bemorlar soni 125 ming nafardan ortdi.

Covid – 19 dan 97 kishi vafot etgan, holat soni esa 15 ming 877 nafar deb qayd etilgan Qozog‘istonda mamlakat asoschisi Nursulton Nazarboyevda Covid – 19 holati aniqlandi. Sog‘likni Saqlash vaziri Yeljan Birtanov bilan Majlis raisi Nurlan Nigmatulinning ham o‘ziga virus yuqtirib olganligi aytilgandi.

Qirg‘izistonda vafot etganlarning umumiy soni 31, holat soni esa 2 ming 657 nafar deb qayd etildi.

Covid – 19 yuzasidan 19 kishi vafot etgan O‘zbekistonda holat soni 5 ming 697 nafarga yetdi.

Covid – 19 dan 966 kishi vafot etgan Ukrainada holat soni 34 ming 63 nafarga chiqdi. Sog‘likni Saqlash vaziri Viktor Lyashko, holatlarning ortishiga koronavirusga qarshi kurashga qarshi olingan chora va tadbirlarning yengillashtirilishi yo‘l ochganini ifoda etdi.

Gruziyada 14 kishi Covid – 19 dan vafot etdi va holat soni 896 nafarga tayandi.

Armanistonda o‘lim holati 309, holat soni esa 18 ming 698 nafar.

Dunyoning boshqa davlatlarida Covid – 19 dan vafot etganlar soni quyidagicha:

Rossiyada 7 ming 478, Bangladeshda 1 ming 305, Filippinda 1 ming 108 va Saudiya Arabistonida 1 ming 91 kishi. Yaponiyada 950.



Aloqador xabarlar