Yevroosiyo kun tartibi 21 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning pandemiya jarayonida chet eldagi fuqarolarining muammosini hal qilish bo‘yicha tashlagan qadamlari haqida so‘z qilamiz.

1421219
Yevroosiyo kun tartibi 21 - qism

Shu yilning 7 - mayi kuni Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Migratsiya idorasi va tegishli organlarning yetakchilari ishtirokida videomuloqat orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, O‘zbekiston va Turkiya Migratsiya idoralari rahbarlari va Turk kengashi Bosh kotibi ishtirok etdi. Yig‘ilishda tashkilot tarkibidagi davlatlarning Covid – 19 pandemiyasi tufayli o‘z yurtiga qaytolmagan fuqarolarning yashash ruxsatnomalari, viza va shunga o‘xshash masalalarining hal qilinishi uchun ko‘riladigan chora va tadbirlar qo‘lga olindi. Yig‘ilish natijasida tomonlar viza va yashash ruxsatnomasi ustidan kerakli protsedura ishlarini yo‘lga qo‘yolmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmasligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Tomonlar shuningdek, migrantlarga bo‘lgan talablarni vaqtinchalik yengillashtirish haqida qaror qabul qildilar. Bu sohadagi hamkorlikning oqsamasligi va hamkorlikning ortishi uchun Turk kengashi ichida Migratsiya bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Guruhni tuzish tog‘risida kelishuvga erishildi.

Ma’lumki, 2020 - yilning 10 - aprelida Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning prezidentlari o‘rtasida navbatdan tashqari sammit o‘tkazilgandi. Unda boshqa davlatlardagi tashkilotga a’zo davlatlar fuqarolari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaror qilingan.

Ushbu qarorga muvofiq, Turk kengashiga a’zo davlatlar pandemiya paytida o‘z mamlakatlariga qaytishni istagan fuqarolarni yuborish masalasida bir - birlariga zarur yordam va qulayliklar yaratishni davom ettirmoqdalar. Hatto a’zo davlatlar uchinchi davlatlardan fuqarolarining olib kelinishida birgalikda harakat qilmoqdalar. Masalan, Qozog‘iston Janubiy Osiyo mamlakatlaridan fuqarolarini olib kelar chog‘ida, Qirg‘iziston fuqarolarini ham olib keldi. Huddi shunday maqsadda Turkiya ham Ozarbayjon fuqarolarini uchinchi mamlakatlardan Turkiyagacha o‘zi bilan birga olib keldi. Bunday yordamlashuv faoliyatlari Turk dunyosining kelajakda ham xalqaro maydonda birgalikda harakat qilishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi.

Turk kengashining Migratsiya idoralari yetakchilari o‘rtasida yig‘ilish uyushtirishi, tashkilotning diasporalar masalasi ustidan bugungacha amalga oshirgan faoliyatlarining davomi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, tashkilot bundan oldin "Turkdildesh" (Turktildosh) diasporasining mushtarak faoliyati strategiyasini qabul qilgandi. O‘tgan oyda dunyoda niqob va boshqa masalalar ustidan yuz bergan voqealar Turk dunyosi diasporalari bilan Turk Respublikalarining xalqaro maydonda birgalikda harakat qilishlari kerakligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.

Turkiya judayam ko‘p chet el fuqarosini bag‘riga bosgan davlatdir. Ularning ko‘pchiligining pandemiya davrida o‘z yurtiga qaytish o‘rniga Turkiyada qolishni maqul deb topishi, Anqaraning bu jarayonda qanchalik shaxdam qadamlar tashlagani va jarayonni qanchalik to‘g‘ri boshqargani shuningdek, faqatgina o‘z fuqarosini emas ayni vaqtda chet el fuqarolarining ham sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymaslikka uringanidan habar beradi. Turk dunyoning lokomotivi hisoblangan Turkiya, bundan keyin ham qo‘shni va bir - biriga yurakdan bog‘langan hududlarning markazi bo‘lishni davom ettiradi. Turk Kengashi qoshida tashkil etilgan Migratsiya bo‘yicha  Muvofiqlashtirish guruhi ham Turk dunyosidan tashqari turk diasporalarini qo‘llab – quvvatlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Turk kengashi , #pandemiya , #Covid - 19

Aloqador xabarlar