O’zbekistonda yana 21 kishida COVID-19 virusi aniqlandi

So’ngi ma’lumotga ko’ra, virusga chalinganlarning 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari esa oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

1416366
O’zbekistonda yana 21 kishida COVID-19 virusi aniqlandi

 

O’zbekistonda yana 21 kishida COVID-19 virusi aniqlandi.

Virus yuqtirib olgan bemorlardan 12 nafari og’ir ahvolda. Ular shifoxonaning reanimatsiya bo’limida davolanmoqda.

Bu haqda O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun, 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarni tashkil qilmoqda”,-deyiladi xabarda.

So’ngi ma’lumotga ko’ra, virusga chalinganlarning 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari esa oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

O’zbekistonda shu kungacha 2040 nafar bemor koronavirusdan sog’aygan. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 518 nafarni tashkil qiladi. Ulardan 12 nafarining ahvoli og’ir.

Mamlakat miqyosida COVID-19 virusidan vafot etganlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19 , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar