O‘zbekistondagi suv omborining o’pirilishi oqibatida Qozog'istonda suv toshqinlari yuz berdi

Sirdaryodagi Sardoba suv ombori to’g’onining o’pirilishi oqibatida Qozog’iston janubidagi Turkiston viloyatida suv toshqinlari yuz berdi va 30 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

1411138
O‘zbekistondagi suv omborining o’pirilishi oqibatida Qozog'istonda suv toshqinlari yuz berdi

 

O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to’g’onining o’pirilishi oqibatida  Qozog’iston janubidagi Turkiston viloyatida suv toshqinlari yuz berdi.

Buning oqibatida Turkiston viloyatining 30 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi.

Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Sardoba suv ombori to’g’onining o’pirilishi natijasida oqib kelgan suv toshqinlari oqibatini kamaytirish maqsadida sug’orish kanallari ochilgan va shu sababli Turkiston viloyatidagi 631 uyni suv bosib ketgan.

Umirzoq Shukeyevning ta’kidlashicha, suv toshqinlari tufayli 14 qishloqdan 30 ming 581 fuqaro evakuatsiya qilingan.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, Turkiston viloyatida suv toshqinlari xavfi davom etmoqda.

Eslatish joizki, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to’g’onining o’pirilishi oqibatida Qozog‘iston janubida suv toshqinlari yuz bergandi.

2 mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston bilan chegaradagi Maqtaaral tumanida kollektor Sardoba tomondan kelgan suv hajmiga bardosh bera olmay yorilib ketgan va natijada,  Qozog‘istondagi kamidagi 14 ta qishloq suv tagida qolib ketgan. 56 kishi jarohatlangan va 70 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingandi.

Ushbu falokatdan so’ng O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat chog’ida davlat rahbarlari toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tezlik bilan qayta tiklash uchun hamkorlikda choralar ko‘rishga kelishib olgandi.

 

 



Aloqador xabarlar