Yevroosiyo kun tartibi 14 - qism

Dasturimizning bugungi sonida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash masalasida Turk kengashiga a’zo davlatlar ortasidagi birdamlik haqida so‘z qilamiz.

1390136
Yevroosiyo kun tartibi 14 - qism

Dasturimizning bugungi sonida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash masalasida Turk kengashiga a’zo davlatlar ortasidagi birdamlik haqida so‘z qilamiz.

O‘tgan 2019 - yilning dekabr oyida Xitoyda paydo bo‘lgan va qisqa vaqt ichida butun dunyoga yoyilgan koronavirus, dunyoning bir necha davlati uchun katta sinovga aylandi. Koronavirusning sharqdan g‘arbga va AQShga yoyilishi YI va AQSh yetakchiligining bu inqirozga tayyorgarliksiz ma’ruz qolganini yaqqol ko‘rsatdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Virus yoyilgan bir necha davlat introvert siyosati kuzata boshladi. Shu tariqa 10 yillik o‘tmishga ega bo‘lgan Turk kengashi va bu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlarning Covid - 19 ga qarshi kurashidagi birdamligiga to‘xtashda foyda bor.

Kengashga o‘tgan yili a’zo bo‘lgan O‘zbekiston Qirg‘izistonda Covid - 19 paydo bo‘lganidan keyin Batken viloyatiga 500 ta virusdan himoya qiluvchi ashyo (niqoblar, maxsus ko'zoynaklar va kostyumlar) yubordi.

Qirg‘iz - qozoq chegarasi yopilganidan so‘ng, Olmaota aeroportida qolib ketgan Qirg‘iziston fuqarolari ikki mamlakatning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi natijasida Bishkekka xususiy avtobuslar orqali olib kelindi. Bundan tashqari, virus tufayli Qirg‘izistonning yuk tashuvchi mashinalari ham Qozog‘istondan o‘tkazildi.

Ozarbayjon Sog‘likni saqlash vaziri O‘ktay Shiraliyev 25 - mart kuni, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ni aniqlash uchun birinchi diagnostika vositalarini Turkiyadan olganliklarini ma’lum qildi.

Bir kun ortidan yani 26 - mart kuni Turkiya tomonidan Bishkek shahrida qurilgan Qirg‘iz- turk do‘stlik kasalxonasini Covid - 19 ga qarshi kurashda foydalanilishi uchun Qirg‘izistonga topshirgani qayd etildi. Nomi tilga olingan kasalxonada 22 dona sun’iy nafas olish jihozi mavjud.

TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi o‘tgan yili Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi kasalxona qoshidagi yuqumli kasalliklar bo‘limini ta’mirlagan edi. Viloyatda Covid - 19 yuqtirib olgan bemorlar huddi shu erda davolanmoqda.

Ko‘p o‘tmay 27 - mart kuni Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyarto yurtining Covid - 19 ga qarshi kurash doirasida Turk kengashidan yordam so‘raganini va shu doirada O‘zbekistonning Vengriyaga 150 ming dona niqob yuborganini, Turkiyaning niqob tikishda foydalaniladigan 8 tonna to‘qimachilik mahsulotini Vengriyaga eksport qilinishiga ruxsat berganini yetkazdi. Siyarto, “Turk va o‘zbek hukumatlarining yordami judayam muhim va minnatdormiz. Haqiqiy do‘st yomon kunlarda bilinadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turk Kengashiga a’zo davlatlarning Covid - 19 ga qarshi kurashdagi birdamligi tashkilotga a’zo yoki kuzatuvchi davlatlar bilan cheklanib qolmadi albatta. Ozarbayjon Xitoy, Eron va Ukrainaga; Qozog‘iston va Qirg‘iziston Xitoyga; O‘zbekiston Xitoy, Afg‘oniston va Eronga; Turkmaniston Eron va Afg‘onistonga yordam berdi. Xulosa qilib aytganda, Turk respublikalari boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi turk xalqlarini ham tashlab qo‘ymasligini, qo‘shnichilik munosabatlariga alohida e’tibor berishini his qildirdi. Turkiyaning do‘st va qardosh mamlakatlarga Covid - 19 ga qarshi kurashda ko‘rsatgan katta yordamlarini dasturlarimizning keyingi sonida alohida qo‘lga olishni maqul topganligimiz bois bugun bu masalaga batafsil to‘xtalmaymiz.

Turk Kengashiga a’zo davlatlar kutilmaganda yuzaga kelgan pandemiya hodisasida birdamlikni oldingi o‘ringa qo‘yib, bu jarayonda bir - birining yonida ekanliklarini ko‘rsatdilar. Hozircha Covid - 19 ning qachongacha tarqalishi noma’lum ammo Turk Kengashiga a’zo davlatlarning bu jarayondan bir - biri bilan, qolaversa qo‘shni davlatlar bilan hamjihatlik ichida chiqib ketishi aniq deyish mumkin.



Aloqador xabarlar