O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi

Mamlakat bo’ylab koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirildi. 24 mart kunidan boshlab, Toshkent shahri karantinga olindi.

1383736
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi

 

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi.

Bu haqda O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaroda va Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan.

Eslatish joizki, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanishning birinchi holati 15 mart kuni qayd etilgandi, Parijdan uchib kelgan bir ayolda koronavirus aniqlangandi.

Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda ham virus aniqlangandi.

So’ngi holat esa, 22 martda Shveytsariyada bo‘lib qaytgan yo’lovchida ham koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Eng oxiri Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda ham virus aniqlangan. Shu bilan mamlakatda yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus yuqtirib olganlar soni 49 kishini tashkil qilmoqda.

Mamlakat bo’ylab koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirildi. Jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlandi. Shuningdek, mamlakatda umumiy ovqatlanish joylari, oshxonalar vaqtinchalik karantinga olindi. 24 mart kunidan boshlab, Toshkent shahri ham karantinga olindi. Har qanday transport vositalarining kirish va chiqishi to‘xtatildi.

O‘zbekiston chegara hududlaridagi chegara o‘tkazish punktlari 23-mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopildi.

23-martdan boshlab ishchi va xodimlar mehnat ta’tiliga chiqarildi, qolgan ishchilarning faoliyati maksimal darajada masofadan turib onlayn tashkil etilmoqda.

Xodim va ishchilar o‘z ish joyida niqob taqishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlar qonuniy javobgarlikka tortiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar