Toshkentda “Qurilish-UzBuild 2020” XXI Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Tadbirga har yili qatnashib kelayotgan Turkiya bu yil 129ta kompaniyasi bilan ko‘rgazmada o‘z qurilish mahsulotlarini namoyish etmoqda.

1366236
Toshkentda “Qurilish-UzBuild 2020” XXI Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

 

 

Bugun, 25 fevral kuni O’zbekiston poytaxti Toshkentda “Qurilish – UzBuild 2020” XXI Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Bu yilgi ko‘rgazmada dunyoning rivojlangan 30ga yaqin davlati jumladan, Avstriya, AQSh, BAA, Germaniya, Gruziya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Lixtenshteyn, Ozarbayjon, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Finlyandiya, Xitoy, Shveytsariya, Gretsiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindistondan kelgan 400dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘z mahsulot va xizmatlarini taklif etishmoqda.

Tadbirga har yili qatnashib kelayotgan Turkiya bu yil 129ta kompaniyasi bilan ko‘rgazmada o‘z qurilish mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Xalqaro ko’rgazmada turk kompaniyalari va ularning qurilish materiallari, texnologiyalari va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga qiziqish juda katta.

“UzBuild-2020” xalqaro ko‘rgazmasida qurilish va bezash materiallari, interer va dizayn, derazalar, eshiklar, fasad, asboblar va mahkamlash, keramika va pardozlash toshlari, ko‘chmas mulk, uy qurilishi, arxitektura va dekorativ dizayn, yorug‘lik, elektr, landshaft va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limlari o’rin olgan.

“UzBuild-2020” xalqaro ko‘rgazmasi 28 fevralga qadar davom etadi.

 



Aloqador xabarlar