O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari Turkiyada bo’ladi.

1362153
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari Turkiyada bo’ladi.

O’zbekiston manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Toshlentdan Ankaraga tomon parvoz qilgan.

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, bugun poytaxt Ankarada Rajab Tayyib Erdo‘g‘an va Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiya-O’zbekiston Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo’lib o’tadi.

Ikki yetakchi o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va O’zbekiston munosabatlari atroflicha ko’zdan kechiriladi, shuningdek siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi. Ikki davlat o’rtasida muhim shartnomalar imzolanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimiga sharafli mehmon sifatida qatnashadi.

Shuningdek, Mirziyoyevning Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar