O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saroyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1362614
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib keldi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan bugun 19 fevral kuni Turkiya poytaxti Ankaraga tashrif buyurdi.

“Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati a'zolari, Ankara hokimligi vakillari va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saroyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Tashrifning asosiy tadbirlari kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. 

Unda jumladan, davlat rahbarlari ishtirokida Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyida (Anitkabir) gulchambar qo‘yish marosimi, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining rasmiy uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bugun shuningdek, prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

 



Aloqador xabarlar