Qozog’istonda geologik tadqiqotlar uchun 2.6 mlrd dollar fond ajratish rejalanmoqda

Mamlakat bosh vaziri Askar Mamin boshchiligida o’tkazilgan vazirlar kengashi yig’ilishida “2021-2025 yillarda geologik tadqiqotlar davlat dasturi” loyihasi ko’zdan kechirildi.

1361456
Qozog’istonda geologik tadqiqotlar uchun 2.6 mlrd dollar fond ajratish rejalanmoqda

 

 

Qozog’istonda kelgusi 5 yilda geologik tadqiqot faoliyatlari uchun 2.6 mlrd dollar fond ajratish rejalanmoqda.

Bu haqda Qozog’iston bosh vazirligi ma’lum qildi.

Mamlakat bosh vaziri Askar Mamin boshchiligida o’tkazilgan vazirlar kengashi yig’ilishida “2021-2025 yillarda geologik tadqiqotlar davlat dasturi” loyihasi ko’zdan kechirildi.

Ushbu dastur loyihasida davlat hududlarida geologik tadqiqotlar olib borish, mineral zahiralarni tekshirish, yer ostini ilmiy jihatdan tekshirish va poydevorni mustahkamlash kabi xususlar o’rin olgan.

Mazkur davlat dasturini amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 200 mlrd tanga (530 mln dollar) ajratilishi rejalanmoqda.

“Taxminan 800 mlrd tanga (2 mlrd 122 mln dollar) miqdorida xususiy investitsiya jalb qilinishi ko’zda tutilmoqda”,-deb aytgan Qozog’iston bosh vaziri.

Shu bilan birga, dastur doirasida yer ostini 100 foiz tadqiq etish, 50dan ortiq qattiq mineral maydonini aniqlash va cho'kindi havzalarni geologik kashfiyotlar natijasida ko’paytirish maqsad qilinmoqda.

Qolaversa, “Davlat geologik kashfiyot dasturi”ni ishga solish orqali ma’dan zahiralarida kutilayotgan o’sishni, oltinda 200 tonnaga, misda 5 mln tonnaga, polimetalda 5 mln tonnaga, uranda 50 ming tonnaga va gidrokarbonda 700 mln tonnaga chiqarish nazarda tutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar