O'zbekistondan xabarlar 5-qism

O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 30 yanvar tavallud topgan kuni munosabati bilan yodga olindi.

1352117
O'zbekistondan xabarlar 5-qism

 

2019 yilda O'zbekistonda nechta masjid ochildi?

 

Masjidlar – mo'min musulmonlar uchun eng muqaddas va qadrli joy hisoblanadi. Faqatgina ibodat maskani sifatida emas, o'zaro mehr oqibat, hamjihatlik va do'stlik rishtalarini bog'lovchi joy sifatida ham e'tiborga molikdir. Shunga ko'ra masjidlarni bunyod etish va mavjudlarini qayta ta'mirlab go'zal holatga keltirish savobi ulug' amallardan hisoblanadi.

So'ngi yillarda O'zbekistonda  ko'plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina o'tgan 2019 yilning o'zida 10 ta yangi jome masjid ochildi, shu bilan masjidlar soni 2066 taga yetdi. Jumladan, Toshkent shahrida ulug' allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo'ja o'g'li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Аmin”, Farg'onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Аbu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Аbu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Аbdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagani mo'min-musulmonlarni bag'oyat xursand qildi. Qolaversa, respublika bo'ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta'mirdan chiqarildi.

Mazkur xayrli ishlar bu yil 2020 yilda ham davom etadi. Zero, o'zbek xalqi  orasida ma'rifat va ruhiy tarbiya maskani bo'lmish masjidlarni obod etish ishtiyoqi baland bo'lgan O'zbekistonliklar  ko'pchilikni tashkil etadi.

 

O'zbekiston – Hindiston: hamkorlik ufqi kengaymoqda.

 

Hindiston infratuzilmani rivojlantirish uchun O'zbekistonga 1 milliard dollar imtiyozli kredit ajratadi.

Mazkur taklifni Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Shri Santosh Ja bildirdi.

– O'zbekiston bilan hamkorligimizning muhim yo'nalishlaridan biri – infratuzilmani rivojlantirish borasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga intilamiz, – dedi elchi Hindiston Milliy bayrami – Respublika kuniga bag'ishlab o'tkazilgan marosimda. – Аyni maqsadlarni amalga oshirish uchun Hindiston O'zbekistonga 1 milliard dollar miqdorida imtiyozli kredit taklif etadi. Ushbu mablag'ning bir qismi – 200 million dollar ajratilishi to'g'risidagi kelishuv 2019 yil yanvarida kuchga kirgan.

Hindiston tomoni O'zbekistonni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun grant ko'rinishida yordam ajratish niyatini ham bildirgan. Hozirgi paytda O'zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan qator sohalarga tegishli loyihalar ko'rib chiqilyapti.

– Yangilanishlarni boshidan kechirayotgan Hindiston O'zbekiston albatta, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi, – deya so'zini davom ettiradi Shri Santosh Ja. – O'tgan yil sentyabr oyida ikki davlat o'rtasida hududlararo savdo to'g'risida bitim tuzish imkoniyatlarini birgalikda o'rganuvchi tadqiqot guruhini tashkil etish bo'yicha Qo'shma bayonot imzolandi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga qaratilgan hamkorlikni ham kengaytiramiz.

Hindiston O'zbekiston bilan yer usti transport tarmog'ini rivojlantirish barobarida yangi havo yo'llarini ochishga ham katta qiziqish bildirmoqda. Hozir Hindiston O'zbekiston o'rtasida parvozlarni kengaytirish bo'yicha ish olib borilyapti. Bu ikki o'lka o'rtasida sayyohlar oqimi ko'payishiga xizmat qiladi.

 

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiga 28 yil...

 

O'zining 28 yillik faoliyati davomida o'ziga xos murakkab yo'lni bosib o'tgan O'zbekiston milliy aviakompaniyasi, bugungi kunda xalqaro aviatsiya sanoatida yo'lovchilarga jahon standartlariga muvofiq xizmat ko'rsatuvchi xavfsiz va barqaror rivojlanayotgan avia tashuvchi sifatida munosib o'rinni egallamoqda.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy aviakompaniyasi 28 Yanvar 1992 yilda tashkil etilgan. 28 yillik faoliyati davomida yo'lovchi aviatsiyasi borasida ko'pgina yutug'larni qo'lga kiritdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida"gi Farmoni aviatashuvchining rivojlanish tarixidagi yangi davrni boshlab berdi. Mazkur hujjatga muvofiq 2019yilning noyabridan «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi o'z faoliyatini «UzbekistanAirways» aktsiyadorlik jamiyati brendi ostida davom ettirmoqda.

«UzbekistanAirways» aviakompaniyasi uchun parvozlar xavfsizligi har doim ustuvor vazifa hisoblangan. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, yo'lovchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida aviakompaniya o'zining aviaparkini jadal suratlarda ‘dreamliner’lar bilan to'ldirib bormoqda.

«UzbekistanAirways» aviakompaniyasi turizm sohasining rivojiga ham salmoqli hissa qo'shmoqda. O'zbekistonning qadimiy shaharlariga tashrif buyurgan sayyohlar uchun eng qulay sharoitlarni ta'minlash maqsadida aviakompaniya turistik kompaniyalar va tur operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, «UzbekistanAirways» aviakompaniyasi xavfsiz aviatashuvchi sifatida 2008 yilda IOSА sertifikati bilan tasdiqlangan. 2014 yildan boshlab IATA – Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi a'zosi.

Shuningdek, bort kuzatuvchilari ikki marta SkyService xalqaro forumida o'z mahoratini ikki marta tasdiqlab, 2018 va 2019 yillarda g'oliblikni qo'lga kiritgan. Xavfsizlik sohasidagi yutuqlari uchun Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg'armasi, Jahon xavfsizlik jamg'armasi va ‘Boeing’ kompaniyasining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

 

O'zbekiston Respublikasi ilk prezidenti Islom Karimov hotirlandi.

 

30-Yanvar O'zbekiston Respublikasi ilk prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Islom Karimov mustaqil O'zbekistonga asos solgan, xalq mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e'tibori va tegishli qarori bilan İslom Karimov  xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo'yildi. Birinchi Prezident tavallud topgan kunini nishonlash ezgu an'anaga aylandi.

 “Bu sanani munosib o'tkazish bizning o'z tariximizga, mustaqilligimizga bo'lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi” dedi O'zbekiston Respublikasi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Bu kun munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev İslom Karimov haykali poyiga gulchambar qo'ydi. Gul qo'yish marosimida prezident administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a'zolari, ilm-fan va madaniyat namoyondalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan va ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida ham xalqning buyuk farzandi tug‘ilgan kuni keng nishonlanib, u yod etildi.

 

Murodjon Ahmadaliyev professional boks tarixiga kirdi.

Murodjon Ahmadaliyev — ikki yo‘nalishda Jahon chempioni bo‘ldi. U chempion Daniel Romanni taslim qildi.

Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida ringga chiqqan  O‘zbekistonlik (7-0, 6 KO) Murodjon Ahmadaliyev 31-yanvar kuni AQShning Mayami shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Murodjon mazkur jangda WBA va IBF kamarlari sohibi Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang chempionlik kamalari uchun kechgan 12 raundlik jang to‘liq davom etdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev g‘olib deb topildi.

Shu tariqa Murodjon professional boksda Jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita kamarga ega chiqdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar