Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Qirg’izistonda o'tkaziladi

Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston Prezidentlari bilan Qozog’istoning tung’ich Prezidenti kecha 29-noyabr kuni O’zbekiston poytaxti Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Qirg’izistonda o'tkaziladi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 2020-yili Qirg’izistonda bo’lib o’tadi. Bu haqida Qirg’iz Respublikasining Prezidenti Sooronbay Jeenbekov kecha 29-noyabr kuni Toshkent shahrida ma’lum qildi.

Sooronbay Jeenbekov kecha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqaviy hamkorlik masalalarini o’zaro ishonch muhitida, keng ko’lamli qo’lga olganligini qayd etdi.

Jeenbekov o’z so’zini “Bunday ijobiy tusdagi say-harakatlarning davom ettirilishi muhim degan fikrdaman. Shu munosabat bilan, kelgusi maslahat uchrashuvini 2020-yilda Qirg’izistonda o’tkazishga tayyor ekanligimni bildiraman” deb yakunladi.

Eslatib o’tamiz Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston Prezidentlari bilan Qozog’istoning tung’ich Prezidenti kecha 29-noyabr kuni O’zbekiston poytaxti Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdilar.

Ishtirokchi prezident va hay’at a’zolari unda O’zbekistonning tung’ich Prezidenti Islom Karimovni ham unutmadi. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev, Nursulton Nazarboyev, Sooronboy Jeenbekov, Emomali Rahmon va Gurbanguli Berdimuhamedov marhum prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo’yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Marosim, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida bo’lib o’tdi.

 



Aloqador xabarlar