O’zbekistondan xabarlar 45-qism

Toshkent shahrida 2 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining o`n sakkizinchi majlisi bo`lib o`tdi.

1301766
O’zbekistondan xabarlar 45-qism

 

                           

Toshkent shahrida 2 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining o`n sakkizinchi majlisi bo`lib o`tdi.

Majlis O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev, Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin, Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg`aziev, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Hindiston Respublikasi mudofaa vaziri Rajnat Singx va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shanxay hamkorlik tashkiloti bo`yicha milliy koordinatori Zahur Ahmadning tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.

Muzokarada Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov va Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori Jumaxon G`iyosov ham ishtirok etdi.

Hukumat rahbarlari kengashi ishtirokchilari kun tartibi va uning doirasida imzolanadigan hujjatlar ro`yxatini tasdiqladi, Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlarining Bishkek sammitida hukumatlar oldiga qo`yilgan vazifalar - a`zo davlatlar o`rtasida xavfsizlik, siyosat, iqtisodiyot sohalarida ko`p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga oid tashkilot Bosh kotibi Vladimir Norovning hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi kengashi raislarining tuzilma faoliyatiga oid axborotlari tinglandi.

Hukumat rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar ishbilarmon doiralarining yuqori texnologiyali va innovatsion qo`shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiyotning infratuzilma, mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati, raqamlashtirish, energetika, qishloq xo`jaligi, turizm kabi muhim tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirish, ko`rgazma-yarmarka faoliyati va multimodal transport-logistika majmualarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarining muhim ahamiyatga ega ekaniga alohida e`tibor qaratdi.

O'zbekiston bosh vaziri Oripov o'z nutqida, tashkilot doirasida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berish kerakigini ta'kidlab, shu asosda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti iqtisodiy forumini o'tkazishni taklif qildi.

Oripov, shuningdek, atrof-muhit va suv muammolariga umumiy yechimlar izlash uchun Shanxay Hamkorlik Tashkilotining "Yashil belbog’” dasturini ishlab chiqilishi va qabul qilinishi kerakligini ta'kidladi.

Oripov, tashkilot a'zo davlatlarni Orol mintaqasidagi ekologik vaziyatni inobatga olgan holda, “Orolbo`yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi”ni tashkil etish yuzasidan O`zbekiston tashabbusini qo`llab-quvvatlashga chaqirdi.

Majlis doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) o`rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Hukumat rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning ko`p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi ijrosini ko`rib chiqdilar va yangi dasturni ma`qulladilar.

Tadbirda jami 14 hujjat imzolandi.

 

O`zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari muloqot o`tkazdi.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston Mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan muloqot o`tkazdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Tadbir doirasida mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilinib, xalqaro tinchlikni ta`minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratildi.

Muzokaralar davomida oliy harbiy ta`lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida shuningdek Mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi Hindiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ular akademiya tarixi muzeyi va o`quv-moddiy bazasi, shuningdek uerda yaratilgan sharoilar, ob`ektlari, infratuzilmasi va o`quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida shuningdek Toshkent yaqinlaridagi “Chirchiq” poligonida “Do'stlik-2019” O'zbekiston-Hindiston umumqo'shin bo'linmalarining xamkorlikdagi qo'shma tatkik mashg'ulotlari boshlandi.

“Do'stlik-2019” taktik o'quv mashg'ulotlari 13 Noyabrga qadar davom etadi.

     

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari bilan uchrashdi.

O'zbekiston prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, prezident Mirziyoyev Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari o’n sakkizinchi yig’ilishiga qatnashish uchun Toshkentga kelgan Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan, Qozog'iston Bosh vaziri Asqar Mamin, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Qirg'iziston Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev, Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas va Turkmaniston Bosh vazirining o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazildi.

Xabarga kora, bo'lib o'tgan muzokaralarda davlatlar o'rtasidagi hamkorlik va tomonlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog'ida tashkilotga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining Toshkentda bo'lib o'tgan yig'ilishining kun tartibidagi masalalar bilan bog'liq masalalar ham ko'rib chiqildi.

       

 



Aloqador xabarlar