O'zbekistondan xabarlar 43-qism

Toshkentdagi "Kongress-xoll" saroyida 21 oktyabr kuni o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o`ttiz yilligiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

1293757
O'zbekistondan xabarlar  43-qism

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan Hindiston Respublikasi Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident Mirziyoyev mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan Hindiston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik izchil rivojlanayotgani, do`stlik va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida ta`kidladi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar, jumladan, o`tgan yilning oktyabr oyida Dehli shahriga va joriy yilning yanvar oyida Gandinagar shahriga amalga oshirilgan tashriflar ko`p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qilgani qayd etildi.

Vijay Rupani, o`z navbatida, Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Vijay Rupani, Gujarat shtati delegatsiyasining tashrifi doirasida Andijon, Samarqand, Buxoro va Toshkentda o`tgan uchrashuv va muzokaralar, avvalo, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng ko`lamda amalga oshirishga ko`maklashishga qaratilganini ta`kidladi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Hindiston o`rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

Biotexnologiyalar va agroklasterlar, to`qimachilik, farmatsevtika sanoati, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish, mehmonxona infratuzilmasini boshqarish kabi sohalarda va boshqa yo`nalishlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston hamda Gujarat shtatining etakchi kompaniya va tashkilotlari o`rtasida samarali sheriklikni rivojlantirish bo`yicha qo`shma “yo`l xaritasini” tez fursatda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Vijay Rupani mamlakatlar o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat xalqlari do`stligini mustahkamlashda har tomonlama ko`maklashishga tayyorligini tasdiqladi.

 

Toshkentdagi "Kongress-xoll" saroyida 21 oktyabr kuni o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o`ttiz yilligiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

Marosimda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so'zladi.

Mirziyoyev, o'z nutqida, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo`lgan o`zbek tilining O'zbek xalqi uchun milliy o`zligi va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma`naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini aytar ekan, kimda-kim o`zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta`sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo`lsa, munis onalarning allalarini, ming yillik dostonlarini, o`lmas maqomlarini eshitishi, baxshi va hofizlarning sehrli qo`shiqlariga quloq tutishlari kerakligini ta'kidladi.

Mirziyoyev, hozirgi vaqtda o`zbek tilida so`zlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qolganligini aytar ekan, bu O'zbek tilining dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat berishini bildirdi.

Mirziyoyev, O`zbek tili Amerika Qo`shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg`oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o'rganilayotganligini ta'kidlab, O`zbek tili va adabiyoti bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ortib borayotganiga urg'u berdi.

"Har birimiz davlat tiliga bo`lgan e`tiborni mustaqillikka bo`lgan e`tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o`zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta`siri va mavqeini yanada oshirish, "Davlat tili haqida"gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta`kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko`rsatib o`tdi.

Davlat rahbari 21 oktyabr kuni "O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida" farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi O`zbekistonda "O`zbek tili bayrami kuni" deb belgilandi.

Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a`zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.

 

Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mexmet Surayyo Er, O'zbek jurnalistlarga "Tinchlik chashmasi” harbiy harakati haqida ma'lumot berdi.

Mexmet Surayyo Er, Toshkentda O'zbek jurnalistlar bilan uchrashib, Turkiya armiyasi tomonidan olib borilayotgan "Tinchlik Chashmasi" xarbiy xarakati haqida ma'lumot berdi.

Elchi Mexmet Surayyo Er, Toshkentda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida, qardosh O'zbekiston jamoatchiligiga "Tinchlik chashmasi” xarbiy xarakati haqida to'g'ri ma'lumotlar berishning juda ahamiyatli aytib, uni qo'llab-quvvatlagani uchun o'zbek xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Er, 9 oktyabr kuni boshlangan "Tinchlik chashmasi” xarbiy xarakati xaqida to'xtalar ekan, bu amaliyotning terrorchilarga qarshi qaratilgan xarakat ekanligini eslatib o'tdi.

Er, Turkiyaning bu amaliyot doirasidagi xadaflarining terrorchi guruxlar ekanligini, Turkiyaning boshqa bir davlatning bir qarich yeriga ko'z tikmaganligini ta'kidlab, matbuot xodimlarining bu masalaga aloxida e'tibor qaratishi kerakligini bildirdi.

Mexmet Surayyo Er, Turkiyaning o'z kurashini O'zbekiston singari strategik sheriklari va qardosh mamlakatlar qo'llovida davom ettirishda qarorli ekanligini ta'kidladi.

 

         



Aloqador xabarlar