Qirg’izistonning Bakay-Ata tumanidagi madaniyat markazi TIKA tomonidan qayta tiklandi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA) Qirg’izistonning Talas viloyatiga qarashli Bakay-Ata tumanida joylashgan madaniyat markazining qayta tiklanishiga yordam berdi.

1273736

TIKA tomonidan qayta tiklangan mazkur madaniyat markazi Qirg’iziston majlisi raisi Dastanbek Jumabekov, Turkiyaning Qirg’izistondagi elchisi Jengiz Firat, TIKAning Bishkekdagi koordinatori Ali Muslu tomonidan xizmatga ochildi.

Qirg’izistonning mustaqillik yillarida yangilanmagan Bakay-Ata tumanidagi madaniyat markaziga mato bilan qoplangan konferentsiya stuli, sahna pardasi, qirg'iz milliy musiqa asbobi, ovoz tizimlari ham taqdim etildi.

Tuman aholisi ishtirokida yuqorida nomi tilga olingan markazda uyushtirilgan marosimda nutq so’zlagan majlisi raisi Jumabekov, qardosh va do’st o’lka Turkiyaning ko’magi bilan madaniyat markazining yangilanganligini belgilab o’tgan holda Turkiya hukumati va xalqiga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Undan tashqari Talas shahridan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Qara-Buura tumanida TIKA tomonidan insho etiladigan bolalar boxchasining tamal toshi ham Jumabekov tomonidan qo’yildi.

Aloqador xabarlar