Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali o'tkaziladi

Bu yil festivalga 78 davlatdan xonanda va sozandalar, badiiy jamoa va ansambllar, sanʼat va musiqashunoslar ishtirok etishi kutilmoqda.

1254911
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali o'tkaziladi

 

O’zbekistonning Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o’tkaziladi.

Mazkur festival musiqa ixlosmandlari eʼtiboridagi mahoratli ijrochi va jamoalarning ijodini namoyish etishga keng yoʻl ochayotgan ijodiy loyiha sanaladi. Shuningdek, o’zbek musiqa sanʼatini jahonga tanitish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 26-fevralda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga ko’ra, “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali joriy yilning 26-30-avgust kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladi.

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalidan koʻzlangan asosiy maqsad – dunyo xalqlari oʻrtasidagi tinchlik va doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, Sharq xalqlari musiqa sanʼatini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, Oʻzbekiston hamda boshqa davlat xalqlarining musiqa sanʼati anʼanalarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot olib borish hamda hamkorlik qilish, Sharq mamlakatlari musiqa sanʼati anʼanalarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirishdir.

Bu yil festivalga 78 davlatdan xonanda va sozandalar, badiiy jamoa va ansambllar, sanʼat va musiqashunoslar ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar