Bugun tush vaqtida Atambayevning uyiga yana bosqin uyushtirildi

Qirg’iz xavfsizlik kuchlari mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atambayevni nazorat ostiga olish uchun shu bilan ikkinchi marotaba uyiga qurolli bosqin uyushtirdi.

1250267
Bugun tush vaqtida Atambayevning uyiga yana bosqin uyushtirildi

Qirg’iz xavfsizlik kuchlari mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atambayevning uyiga shu bilan ikkinchi marotaba qurolli bosqin uyushtirdi.

Ular bugun tush vaqtida sobiq Prezidentni nazorat ostiga olish uchun poytaxt Bishkekning janubida o’rin olgan Chuy viloyatiga qarashli Alamudun tumanining Koy-Tash qishlog’iga bordi.

Guvohlarning qayd etishicha kechagi amaliyot chog’ida garovga olingan 6 nafar xavfsizlik kuchlari xodimi ozod etilgan va ular Atambayevning hovlisiga kirib borgan.

Ijtimoiy tarmoqlardan kuzatilishicha amaliyotdan oldin Atambayevning uyi joylashgan hovlida yuzlab Atambayev tarafdori xavfsizlik kuchlariga qarshilik ko’rsatmoqda. Ular orasida ayollar ham bor.

Amaliyot boshlar-boshlamas politsiya xodimlari Koy-Tash qishlog’iga ketgan yo’llarning hammasini yopib qo’ygan. Sobiq prezidentning uyi o’rin olgan qishloqqa borish uchun piyodalarga ham ruxsat berilmagan.

Uyali telefon va internet signallari ham uzib qo’yilgan qishloqda Atambayevni qo’llab-quvvatlash maqsadida uyiga bormoqchi bo’lganlar bilan politsiya xodimlari o’rtasida vaqti-vaqti bilan to’qnashuvlar kuzatilgan.

Undan tashqari Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Majlis raisi Dastanbek Jumabekovning yetakchiligida favqulodda o’tkazilgan yig’ilishda ishtirokchilarga xitob etgan.

Jeenbekov unda, Atambayev bilan shaxsiy muammolari borligi haqidagi mish-mishlarga javob berar ekan bu haqida,

“Bu, ikki kishi o’rtasidagi janjal emas aksincha davlat manfaatini o’ylagan huquq kurashidir” degan ifodaga o'rin bergan.

Aytib o’tish joizki Atambayev va uni qo’llab-quvvatlaguvchilar tomonidan amaliyot uyushtirgan xavfsizlik kuchlariga qattiq qarshilik ko’rsatilar ekan oqibatida xavfsizlik kuchlaridan bir kishi jon bergan. Hududdagi Milliy politsiya idorasi rahbari Samat Kurmankulovning komaga kirganligi va ahvolining og’ir ekanligi ham ifoda etilgandi.

Sobiq Prezidentning uyida 1.5 oydan beri navbat kutgan tarafdorlari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida kelib chqqan janjalda 45 kishi tan jarohati olgan. Ulardan 25 nafari xavfsizlik kuchlari a’zolari.

Atambayevning daxlsizligi 27-iyun kuni majlis tomonidan bekor qilingan.

Qirg’izistonda 2011-yildan 2017-yilgacha prezidentlik qilgan Atambayev, o’z vazifasini Sotsial-demokratik partiyasidan Sooronbay Jeenbekovga topshirgandi. Endilikda Markaziy isitish idorasi va tarix muzeyining modernizatsiyasi, ko'mir sotib olish bo'yicha tender, jinoiy rahbar Aziz Batukayevning ozod etilishi, yer sotib olish va qurilish uchun qishloq xo'jaligi yerlarini ochish kabi turli masalalar ustidan ayblanmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar