O‘zbekistonda YaIM hajmining 5,8 foizga o‘sganligi qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasining YaIM hajmi 2019 yilning yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha 5,8 foizga o‘sganligi qayd etildi.

1242935
O‘zbekistonda YaIM hajmining 5,8 foizga o‘sganligi qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasining YaIM hajmi 2019 yilning yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha joriy narxlarda 222 trillion 22 million so‘mni tashkil etgan va 2018 yilning yanvar – iyuni bilan taqqoslanganda 5,8 foizga o‘sganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi yilning ilk yarmiga ko‘ra YaIM natijalarini ma‘lum qildi. Unga ko‘ra 2019 yilning yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha YaIM hajmi joriy narxlarda 222 trillion 22 million so‘mni (qariyb 26 milliard dollar) tashkil etgan va 2018 yilning yanvar – iyuni bilan taqqoslanganida 5,8 foizga o‘sgan.

Bu davrda sanoat tarmog’ida 6.9, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog’ida 2.1, qurilish tarmog’ida 20, transport va logistika tarmog’ida 5.1, xizmat tarmog’ida esa 4.1 foiz ortish kuzatilgan.

Yanvar-iyun davrida YaIMda sanoatning ulushi 30.3, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 24,3, qurilishning ulushi 7.6, xizmat tarmog‘ining ulushi esa 37.8 fozini tashkil etdi.

O‘tgan yili O‘zbekistonning YaIM 5.1 ortish bilan 407 trillion 514 milliard somga yetar ekan shu doirada sanoat tarmog‘ida 10.6, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog’ida 0.3, qurilish tarmog‘ida 9.9, xizmat tarmog‘ida 5.4 foiz ortish kuzatilgandi.

O‘zbek hukumati bu yil YaIMning o‘rtacha 5 foiz ortishi mumkinligini qayd etmoqda. Jahon bankining qayta ko‘rib chiqilgan global iqtisodiy kutish to‘g‘risidagi hisobotida ham O‘zbekistonning YaIMning 2019-yili 5.3 foizga o‘rtisihi tahmin qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar